Uzbek kino olami Воскресенье
19.11.2017
04:22
Приветствую Вас Гость | RSS Kino-uz.com | Регистрация | Вход
Меню сайта

РЕКОМЕНДУЕМ



Загрузка...

Озодбек Назарбеков -"Такдиримсан Бахтимсан" концерт 2013

Озодбек Назарбеков концерт 2013
 

O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Taqdirimsan Baxtimsan" deb nomlangan 2013 yil konserti'dan lavhalar.

Konsert boshlanadigan vaqt bo'lishi bilan butun sahnaga gir aylantirib o'rnatilgan ekranlar jonlandi va sahnaga cholg'uchilardan biri chiqib keldi hamda qonun sozida san'at saroyining konsert boshlanganini bildiruvchi kuyini ijro qildi. Sekin-asta boshqa sozandalar sahnaga chiqib, tomoshabinlarning qarsaklari jo'rligida sho'x musiqani jonli ijro eta boshlashdi. Olqishlar sadosi ostida sahnaga chiqqan Ozodbek Nazarbekov "Atrofingda men sarson" deb nola qilishi bilan zal bir qo'zg'aldi, qarsaklar ovozi kuchaydi.... Yangi-yangi taronalarning mahoratli va eng muhimi samimiy jarangi,  sozandalarning professional ijrosi, "Ofarin" raqs teatri xamda "Parizoda" raqs dastasining qoyilmaqom ravishda sahnalashtirilgan raqslari, sahnani qurshab olgan va xatto polga ham o'rnatilgan ekranlardagi yorqin tasvir, Shukrullo Isroilov, Botirxon Imomxo'jayev kabi so'z ustalarining va iste'dodli yoshlar "Comedy.uz" rezidentlarining ichakuzdi chiqishlarini o'zida jam etgan, salkam 3 asoatlik konsert ana shu yo'sinda, yuqori notadan boshlandi. Shunisi qiziqki, xali konsert avjiga chiqmasdan turib, tomoshabilar birinchi taronaning o'zidayoq xonandaga qo'shilib qo'shiq kuylashi xech bir yulduzning konsertida kuzatilmagan. Yuqori sifatli tasvir namoyish etilayotgan ekranlar-ku hammani lol qoldirdi. Sahna poli ham teleekranga aylanib, balkondagi tomoshabinlarga ajoyib lahzalarni taqdim etdi. Har bir qo'shiqqa moslab tanlangan video tomoshabinlarning tarona ichiga kirib ketib, unda kuylanayotgan voqealar ishtirokchisiga aylanishlariga ko'maklashdi. Ozodbek an'anaga sodiq qolgan holda bu yilgi konsertida ham shogirdlaridan biri - Muzaffar Karimovni katta sahnaga olib chiqib, yig'ilganlarga tanishtirib, sahnaning o'zida imtihon qilib olishni ham uddaladi.

 
Смотреть онлайн концерт Озодбека Назарбекова "Taqdirimsan Baxtimsan" онлайн бесплатно
 
Озодбек Назарбеков концерт 2013 - 2 часть / 2qism



Категория: Узбек концерт | | Рейтинг: 2.6/19
Всего комментариев: 1
avatar
1
KONSERG ummuman gap bulishi mumkin emas omad
avatar
Интересное



Фильм излаш

Статистика





kino uz com - Смотреть онлайн бесплатно узбек кино фильм клип куриш. Yangi Uzbek kino film online - uzbek kino skachat besplatno.